AQŞning Uber Technologies kompaniyasi maşinasi  avtonom rejimda bölganda odamni urib ketdi. Ta'kidlanişiça, bu haydovçisiz avtomobil iştirokida umumiy yöllarda piyodaning ölimiga olib kelgan ilk yöl-transport hodisasidir. 

Voqea 19 mart kuni Finiks yaqinidagi Tempeda yuz bergan. Uber avtomobili yölni piyodalar ötiş joyidan boşqa joydan kesib ötayotgan ayolni urib yuborgan. Avtomobil rulida haydovçi bölgan, biroq maşina avtopilot rejimida yurayotgan bölgan.

Jabrlanuvçi şifoxonaga yölda hayotdan köz yumgan.

Ta'kidlanişiça, Uber Technologies bu voqeadan keyin özining avtomobillarini Finiks, Pittsburg, San-Frantsisko va Torontoda sinovdan ötkazişni töxtatgan.