NHTSA’ning ma'lum qilişiça, 2018 yildan beri avtopiloti yoqiq bölgan Tesla avtomobillari boşqa transport vositasiga urilgan 11ta holat qayd etilgan. Ulardan 4tasi 2021 yilda yuz bergan.
NHTSA bunday holatlarni tekşirayotgani haqida avvalroq ma'lum qilingan. Hozirda boşqarma rasmiy tergov boşlanganini e'lon qildi.
Hozirda aksariyat zamonaviy maşinalar avtopilotlar bilan jihozlangan bölsa-da, Tesla uning avtomobillari ilğorroq haydovçisiz boşqaruv tizimi Autopilot bilan ta'minlanganini bir neça bor ta'kidlab kelgan.
Endilikda NHTSA 2014 yildan 2021 yilgaça sotilgan Tesla avtomobillarida uşbu tizim qanday işlaşini tekşirmoqda. Ta'kidlanişiça, tergov natijalari turliça köriniş olişi mumkin: NHTSA heç qanday çora qabul qilmasligi, Tesla’dan öz avtopilotlari işiga tuzatiş kiritişni talab qilişi yoki uning işlatilişini töliq taqiqlaşi mumkin.
Tergov boşlangani ma'lum bölgandan keyin Tesla aksiyalari 5 foizga arzonlaşgan.

















