Politsiyaga şosse böyiça katta tezlikda harakatlangan va ruli ortida heç kim yöqdek köringan avtomobil ustidan şikoyat tuşgan. Haydovçi va yölovçi bu vaqtda ortga taşlangan örndiqlarda uxlayotgan bölgan.
Patrullar Tesla Model S modelidagi uşbu maşinani tezda aniqlab, uni töxtatişga harakat qilişgan. Biroq şunda avtomobil tezligini 140 km/soatdan 150 km/soatgaça oşirgan, vaholanki yölda tezlik 110 km/soat bilan çegaralangan bölgan.
Keyinroq avtomobil töxtatilgan, uning 20 yoşli haydovçisiga esa avtomobilni xavfli boşqariş ayblovi bildirilib, sudda javob berişi belgilangan.
Alberta politsiyasi rahbari Geri Grem uşbu voqeaga izoh berib, avtopilot qöşimça xavfsizlik tizimi hisoblanişini va haydovçi nazoratisiz qoldirilmasligi kerakligini eslatib qöygan.

















