AQŞ Qurolli kuçlari ştablar rahbarlari birlaşgan qömitasining raisi general Jozef Danford Kobulga taşrif buyurdi.

Uning boşçiligidagi delegatsiya Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani qabulida bölgan.

Uçraşuv çoğida Ğani rasmiy Kobul «Tolibon» bilan tinçlik yölidagi muzokaralar boşlaşga tayyor ekanini ma'lum qilgan.

Uning sözlariga köra, agar tolibonlar Afğoniston hukumatining tinç muzokaralar böyiça taşabbusini qöllab-quvvatlasa, afğon hukumati ularni ta'qib qilmaydi.

«Uruş - çora emas», degan Afğoniston prezidenti.

Öz navbatida, Danford xabar qildiki, AQŞ Afğoniston böyiça strategiyada yangi amaliyotga ötadi.

Uning sözlariga köra, rasmiy Vaşington Afğonistonning doimiy stratigik hamkori hisoblanadi va mamlakatda terrorizmga qarşi kuraşda qöllab-quvvatlaydi.

Bundan taşqari, Vaşington Afğoniston böyiça tinçlik jarayonida iştirok etadi.