AQŞning Ostin şahrida sönggi bir neça kun davomidagi oltinçi portlaş yuz berdi, deb xabar qilmoqda Reuters.

«Ostin politsiyasi Brodi-leyndagi 9600 mavzesida portlaş röy bergani haqidagi xabarlardan söng tegişli çoralarni körmoqda», - deyiladi xabarda.

Politsiya fuqarolardan bu tumanni çetlab ötişni söragan.

Avvalroq Ostinda bir sutka içida ikkita posilka portlab ketgani, oqibatida ikki kişi halok bölgani va yana ikki inson jarohat olgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ayni damda yangi portlaşning avvalgilariga aloqasi bor yoki yöq ekani noma'lum bölib turibdi.