Yaponiya imperatorlik oilasidan bölgan ayollar şahzoda Naruxitoning taxtga çiqiş marosimida iştirok etmaydi. Uşbu marosim imperator Akixito taxtdan voz keçganidan söng, 2019 yilning 1 may kuni bölib ötadi, deb xabar bermoqda Royalcentral portali Japan Times’ga asosan.
Yaponiya hukumati imperator Seva vafotidan söng 1989 yilning 7 yanvar kuni taxtga çiqqan imperator Akixitoning öşa paytdagi marosimini eng kiçik detallarga qadar takrorlaş niyatida. Öşanda marosimda imperatorlik oilasidan bölgan faqat erkaklar qatnaşgan. Şuningdek, marosimga Yaponiya boş vaziri, vazirlar mahkamasi a'zolari hamda yuqori mansabli boşqa amaldorlar kelgan.
Ta'kidlanişiça, ayollar 1889 yildan beri imperatorlarning taxtga çiqiş marosimida iştirok etmaydi.

















