Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri Azim Ahmadxöjayev mamlakatga iqtisodiyotning turli sohalaridagi investitsion imkoniyatlar bilan tanişiş maqsadida taşrif buyurgan «Silverleafe Capital Parthers» kompaniyasining delegatsiyasi bilan uçraşdi. Delegatsiyaga kompaniya prezidenti Den Petterson boşçilik qilmoqda.

Muzokaraning asosiy mavzusi blokçeyn texnologiyasini rivojlantiriş masalasi böldi. Uşbu texnologiyalar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taraqqiyotidagi yangi va istiqboli porloq yönaliş bölib, taraflar mazkur texnologiyalar rivojlanişining oxirgi tendensiyalari yuzasidan fikrlaşişdi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi uşbu texnologiyani faol qöllab kelmoqda. 2018 yil 1 iyundan boşlab Blokçeyn va bölingan reyestr texnologiyalari böyiça kompetensiya markazi taşkil etiladi. Markazning asosiy vazifalari kadrlar, ya'ni işlab çiquvçi mutaxassislar, loyiha menejyerlari, davlat xizmati amaldorlari, öqituvçilarning malakasini oşiriş hisoblanadi.

Şuningdek, mehmonlar yaqinda taşkil etilgan «Mirzo Ulugbek Innovation Center» informatsion texnologiyalarni işlab çiqiş va joriy etişni qöllab-quvvatlaş innovatsion markazi faoliyati bilan ham taniştirildi.

Investitsiyalarni boşqarişga ixtisoslaşgan «Silverleafe Capital Parthers» kompaniyasi 2004 yili Tennessi ştatining Memfis şahrida taşkil etilgan. Den Patterson «Merrill Lynch» xususiy mijozlar guruhida ön yildan köproq işlaganidan söng «Silverleafe Capital Parthers» kompaniyasiga asos solgan.