19 mart kuni AQŞga yetib kelgan Saudiya Arabistoni taxti valiahdi Muhammad ibn Salmonning taşrif varaqasida köplab Amerika şaharlarida böliş belgilangan.
Iqtisodiy qayta tiklaniş va islohotlar boşlanişi kutilayotgan Saudiyada barça amaldorlar şahzodani amaldagi qirol sifatida körişni boşlagan. Neft eksportiga qaram bölib qolgan iqtisodiyotni kengaytiriş va turli sohalarni rivojlantiriş Saudiya uçun ayni paytda muhim va manfaatli vazifa.
Valiahdlik örnini amakivaççasi bilan almaşgan Muhammad ibn Salmon birinçi xorijiy taşrifni AQŞdan boşladi. Uni prezident Donald Tramp poytaxt Vaşingtonda qarşi oldi.
Şahzodaning taşrifi ortida köplab masalalarga oydinlik kiritilişi kutilgan: ötgan yili noyabrda hibsga olingan saudiyalik şahzodalar, Yamandagi harbiy amaliyot va şialar bilan töqnaşuvlar şular sirasidan. Şuningdek, uşbu taşrif yil oxirida Saudiya Arabiston qiroli Salmon ibn Abdulaziz AQŞga kelişidan avval fundamental kelişuvlarni belgilab beradi.
Şahzoda Vaşingtondan taşqari, Nyu-York, Boston, Hyuston, Los-Anjyeles, San-Frantsisko va Sietl şaharlariga taşrif buyurişi rejalaştirilgan.
Oq uyda ötgan uçraşuvda ikki davlatning qudratli vakillari asosan mudofaa va iqtisodiy masalalarga urğu berdi. Ayni paytda Saudiya Arabistoni Mudofaa işlari vaziri lavozimida iş olib borayotgan valiahd Qatar va Yaman masalasida AQŞ bilan kelişib olişi şart. Bu muzokaralar yopiq eşiklar ortida keçdi.

Şahzoda amerikalik jurnalistlar qarşisida «Eron yadro quroliga ega bölsa, Saudiya ham tezlik bilan unga (yadro - tahr.) erişişi» muqarrar ekanligini ta'kidladi. Donald Tramp «Amerika uçun qöşimça işçi örni yaratişga imkon beruvçi bir neça 10 milliard dollarlik şartnomalar» tuzilganini bildirdi. Oq uy Matbuot kotibining aytişiça, bu kelişuvlar qurol-yaroğ sotuviga oid şartnomalarda aks etgan.
Arab şahzodasi 24 mart kuni Bostonga taşrif buyurib, MIT oliygohida bölişi kutilmoqda. Saudiya Arabistonida neft işlab çiqariş loyihalari böyiça Saudi Aramco va MIT hamkorlikni yölga qöygan bölib, endilikda ta'lim sohasida ham yaqin munosabatlar örnatilişi mumkin.
26 mart kuni esa Nyu-York şahrida şahzoda BMT Boş kotibi Antoniu Guterreş va amerikalik işbilarmonlar bilan uçraşuvi rejalaştirilgan. Korrupsiyaga qarşi ayovsiz kuraş xorijiy sarmoyadorlarni bir muddat Saudiya siyosatidan uzoqroq turişga majbur qilgandi, endilikda Muhammad ibn Salmon amerikalik işbilarmonlarni qaytadan mamlakat siyosatiga işontirişi lozim.

















