Öz vaqtida Saudiya razvedkasida muhim şaxslardan biri bölgan Saad al-Jabriy CBS telekanaliga bergan intervyusida aytişiça, Muhammad ibn Salmon 2014 yilda öz amakivaççasi Muhammad ibn Naif bilan suhbat çoğida taxtni otasiga böşatiş uçun podşoh Abdullohdan qutulmoqçi ekani haqida işora qilgan. Öşa vaqtda hukmron sulola vakillari örtasida taxt vorisligi borasida tortişuvlar yuzaga kelgandi.

Jabriy Amerikadagi CBS korporatsiyasining «60 daqiqa» nomli dasturiga bergan intervyusida podşoh Salmonning öğli, valiahd şahzoda, amalda Saudiya Arabistonining mutlaq hukmdori Muhammad ibn Salmon ibn Abdulaziz Ol Saudni «qotil, Yaqin Şarqda çeklanmagan resurslarga ega bölgan, öz xalqiga ham, amerikaliklarga ham va butun sayyoraga ham xavf tuğdiruvçi psixopat» deb atagan.

Sobiq razvedkaçi şahzoda 2014 yilda amakivaççasi, öşa vaqtda mamlakat içki işlar vaziri lavozimida bölgan Muhammad ibn Naif bilan suhbatda podşoh Abdullohning öldirilişini taşkillaştira olişi haqida aytganini ma'lum qildi.

Muhammad ibn Salmon 2017 yilda özini amakivaççasi Muhammad ibn Naif örniga valiahd sifatida e'lon qilgandi
ANADOLU AGENCY

«U şunday degandi: «Men podşoh Abdullohni yöq qilmoqçiman. Menga Rossiyadan zaharlangan uzuk yetkazib berişadi. Qölini siqsam kifoya va barçasi tugaydi». Balki u şunçaki maqtangandir, ammo u şu gaplarni aytgan va biz buni jiddiy qabul qilganmiz», deya hikoya qiladi Jabriy. Uning sözlariga köra, şundan keyin bu gapni hamma unutgan, ammo uçraşuv yaşirin kamera orqali yozib olingandi va u videoyozuvning ikki nusxasi hozirda qayerda saqlanişidan xabardor.

Podşoh Abdulloh 2015 yilda, 90 yoşida vafot etgan va taxt uning ögay ukasi, Muhammad ibn Salmonning otasi bölmiş Salmonga ötgan. Podşoh Salmon taxtga çiqqanida şahzoda Muhammad ibn Naifni valiahd şahzoda etib tayinlagandi.

Ammo 2017 yilda ibn Salmon valiahd şahzodaga aylanadi, ibn Naif esa içki işlar vaziri lavozimidan mahrum böladi, ayrim ma'lumotlarga köra u öşanda uy qamoğiga ötkazilgan, ötgan yili uni qölga olişgan, unga qanday ayblov qöyilgani ma'lum emas. Jabriy ibn Naif lavozimdan çetlatilganidayoq, 2017 yilda Kanadaga qoçib ketgandi.

Intervyuda u Yaqin Şarq mamlakatlaridan biridagi razvedkaçi dösti uni 2018 yil oktyabrida, saudiyalik josuslar Turkiyada jurnalist Jamol Qoşiqçini öldirişganidan bir neça kun ötib, ibn Salmon sobiq razvedkaçini ham yöq qilişi kerak bölgan guruh jönatgani haqida ogohlantirganini aytadi.