Valiahd şahzoda Neom sanoat şahrida Oxagon – dunyodagi eng yirik suzuvçi sanoat klasteri taşkil etilişini e'lon qildi.
Uşbu loyihani Neom boş rejasidagi yana bir qadam deyiş mumkin böladi va u Neom’ning kelajakdagi işlab çiqariş markazlari uçun yangi modelni joriy etişga qaratilgan bölib, Neom’ning insoniyat kelajakda qay tariqa yaşaşi va işlaşini qayta körib çiqiş strategiyasiga asoslanadi.
Şahzoda şahar oçilişi munosabati bilan nutq sözlagan.
«Oxagon sanoat şahri Neom’da xususan va podşohlikda umumiy şaklda iqtisodiy ösiş va xilma-xillik uçun katalizator vazifasini ötab, bizning Vision 2030 («2030-nigohi») maqsadlarimizni röyobga çiqariş orzularimizga töla mos keladi
Neom sanoat şahri dunyoning kelajakdagi sanoat rivojlanişi yönalişini qayta belgilaşga yordam beradi hamda atrof-muhit himoyasiga hissa qöşiş bilan birga yangi iş örinlarini yaratiş va taraqqiyotga erişişga kömaklaşadi. Bundan taşqari, Oxagon podşohlikni mintaqaviy tijorat sohasida qöllab-quvvatlaş bilan birga mintaqadagi global miqyosdagi savdo oqimlarini ham dastaklaydi.
Sanoat şahri rivojlanayotgan va uning hududida işlar boşlanib ketganidan baxtiyorman va tezlik bilan kengayib ketişini intizorlik bilan kutaman», degan u.
Öz navbatida, Neom kompaniyasi ijroçi direktori, muhandis Nazmi an-Nasr ham öz fikrlarini bildirib ötgan.
«Dunyo ahli Oxagon orqali işlab çiqariş markazlari borasidagi qaraşlarida tubdan özgarişga guvoh böladi. Bizni hammasidan ham köra köproq ruhlantirayotgan narsa – bu köplab şeriklarimiz Oxagon’da öz loyihalarini işga tuşirişga rağbat bildirayotganidir. Aynan ular özgariş yetakçilari bölib, ular sun'iy zakovatning eng yangi texnologiyalari bilan jihozlangan zavodlar taşkil qilişadi va bu bilan ular törtinçi sanoat inqilobining uşbu davri uçun dadil ildamlaşni röyobga çiqaradilar hamda The Line ma'lumotlariga köra, Oxacon keng qamrovli bilimlar şahriga aylaniş uçun loyihaning muhim bosqiçlarini yakuniga yetkazadi va öz aholisiga ğayrioddiy hayotni taqdim etadi», degan u.

Oxagon Neom’ning janubi-ğarbidagi katta maydonni egallaydi. Şaharning asosiy yaşil muhiti port atrofiga integratsiyalaşgan va logistika xizmatlari markazi sanoat şahri aholisining aksarini özida jamlaydi. Şaharning yerdan foydalanişning eng yaxşi imkoniyatini özida körsata olgan noyob sakkiz burçakli dizayni atrof-muhitga ham har qanday ta'sirni salbiy kamaytira oladi va bu Neom ning 95 foiz tabiiy muhitni saqlab qolişga bölgan intilişini quvvatlaydi. Şahar şuningdek, dunyodagi eng katta suzuvçi tuzilmani taşkil etadi va Neom’ning barqaror rivojlanişiga erişiş uçun dengizlarga tayangan holda «kök iqtisodiyot»ni rivojlantiriş markazidir va bu Neom’ning ijodiy va innovatsion rivojlanişga e'tiborini aks ettiradi.

















