Facebook ijroçi direktori va asosçisi Mark Tsukerberg 19 mart kuni aksiyalari qimmatsizlaşişi oqibatida 4,9 mlrd dollar yöqotdi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.
Facebook aksiyalari Britaniyaning Cambridge Analytica tahliliy kompaniyasi ijtimoiy tarmoqning 50 mlndan köproq foydalanuvçisining şaxsiy ma'lumotlarini ularning ruxsatisiz töplaganini va bu ma'lumotlar asosida amerikaliklarning siyosiy qaraşlarini tahlil qiluvçi algoritmni yaratmoqçiligi haqida axborot paydo bölgandan keyin 7 foizga arzonlaşib ketgan.
Şu sababli Tsukerberg boyligi 70,4 mlrd dollargaça kamaygan. Şundan keyin Bloomberğning dunyoning eng badavlat odamlari reytingida Tsukerberg bir pozitsiya pastlagan va 5-öringa tuşib qolgan.
The New York Times ma'lumotlariga köra, Cambridge Analytica ijtimoiy tarmoqning foydalanuvçilari şaxsiy ma'lumotlarini yiğuvçi mobil dastur yaratgan. Ta'kidlanişiça, olingan ma'lumotlar saylovçilarning psixologik tasvirini tuziş uçun qöllangan va AQŞ prezidenti Donald Trampning saylovoldi kampaniyasiga reklama yaratişga imkon bergan. Facebook’da esa bundan bexabarliklari aytilgan va 16 martdan kompaniya öz servelariga Cambridge Analytica’ning kirişini tösib qöygani ma'lum qilingan.












