Belgiya — Yevropaning eng kosmopolit mamlakatlaridan biri. Bu yerda uç davlat tili bor: niderland, fransuz va nemis. Aholisi - 11 million kişi, ularning 10 foizidan ziyodini turli mamlakatlardan kelgan muhojirlar taşkil qiladi.

Poytaxt Bryussel — Yevropa Ittifoqi siyosiy hukumati ramzi va Yevropa siyosiy hayoti markazi, Antverpen esa — Yevropaning eng yirik va tez rivojlanayotgan portlaridan biri, şu bilan birga, Yevropaning eng qadimiy olmoslar savdosi markazi hamdir. Forbes Belgiya fuqaroligiga doir qiziqarli ma'lumotlari bilan bölişdi.

Foto: deredactie.be

Belgiya haqida yana nimalarni bilamiz?

  • U maydoniga köra Yevropa mamlakatlari orasidagi beşinçi eng kiçik davlat;
  • Eng yirik qahva importçilari orasida - oltinçi;
  • Belgiyada örtaça umr davomiyligi - 80 yoş;
  • Ğarbiy Yevropadagi ajrimlar böyiça eng yuqori körsatkiçlar (58 foiz) - Belgiyada;
  • Örtaça iş haqi yiliga 35 000 yevrodan oşadi.

Şunday öziga xos jamiyatning tölaqonli a'zosi böliş va Belgiya fuqaroligini oliş imkoni mavjudmi?

Sir emaski, YeIda yaşovçi immigrantlar köpinça doimiy yaşaş joyi (DYaJ) mavqeini olib, uni özgartirmaslikni va "fuqarolik" uçun murojaat qilmaslikni ma'qul körişadi.

Bu pozitsiya köp Yevropa davlatlari uçun xos, biroq Belgiya uçun emas. Aksariyat aholisi yuqori saviyali, ijtimoiy faol kişilardan iborat bölgan kiçik mamlakatda farovon turmuş va xotirjamlik uçun özingizni qöşnilar bilan teng his qilişingiz muhim. Fuqaro böliş — bunday "muvozanat"ning asosiy jihatlaridan biridir. Keçagina Belgiya fuqaroligini olişning heç qanday zarurati yöq deb hisoblagan muhojirlarning köpçiligi bugun öz nuqtai nazarini tubdan özgartirgan. Ularda Belgiyada qulay hayot keçiriş uçun mas'uliyatni zimmaga olib, fuqarolikni qabul qiliş kerakligiga doir işonç paydo bölgan. Yana bir muhim jihat — Belgiya ikki davlat fuqaroligini tan oladi, şuning uçun tuğilgan yurtingiz fuqaroligidan voz keçiş uçun asos yöq.

Foto: Reuters