09:46 / 21.03.2018
8855

Oilaviy juftlik farzandlari enagasini jodugarlikda gumon qilib, uni yoqib yubordi

Foto: Hannah Mckay/Reuters

London shahri chekkasida ayol va uning turmush o‘rtog‘i o‘z farzandlari enagasini jodugarlikda gumon qilib, uni yoqib yubordi. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.

21 yoshli Sofi Lionening jasad qoldiqlari bog‘dan topildi, bu qo‘shnilar kuygan go‘sht hididan norozi bo‘lib shikoyat berishgach yuz bergan.

Politsiyaning aniqlashicha, fransiyalik juftlik Sabrina Kuayder va Kissem Meduni o‘zlarida enaga bo‘lib ishlagan qizni jodugarlikda gumon qila boshlagan. Ular Lioneni garovga olib, do‘pposlashgan, ovqat berishmagan, shundan so‘ng yoqib yuborishgan.

Ta'kidlanishicha, juftlik enagani marvarid marjonni o‘g‘irlaganlikda ham gumon qilgan.

Mavzuga oid
Top