Rostransnadzor Rossiyaning barça aviakompaniyalariga An-148 samolyotlarida parvoz qilişni töxtatişni buyurdi.

Rostransnadzor rahbari Viktor Basarginning aytişiça, bunday qaror “Saratovskiye avialinii” kompaniyasining rejadan taşqari tekşiruvidan keyin qabul qilingan. 

11 fevralda “Saratovskiye avialinii” kompaniyasining Moskvadan Orska reys amalga oşirayotgan An-148 samolyoti Moskva viloyatida falokatga uçragan. Samolyot bortida 65 yölovçi va ekpajning 6 a'zosi bölgan. Ularning barçasi halok bölgan.

Falokatdan keyin “Saratovskiye avialinii” An-148 samolyotlari ekspluatatsiyasini töxtatib qöygan. 16 fevralda esa aviakompaniya An-148 parvozlari kuçaytirilgan ekipajlar bilan tiklanganini ma'lum qilgan. Rejadan taşqari tekşiruv heç qanday qoidabuzarliklarni aniqlamagan. 

2018 yil boşiga Rossiyada 30 ga yaqin An-148 samolyoti foydalanişda bölgan. Bu samolyotlardan 12 tasi Rossiya mudofaa vazirligi va 2 tasi favqulodda vaziyat vazirligiga tegişli. Uşbu samolyot şuningdek “Angara” aviakompaniyasida va “Rossiya” maxsus parvoz otryadida mavjud.