Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilişiça, AQŞning raketalarga qarşi mudofaa böyiça kelişuvdan çiqiş töğrisidagi qarori xalqaro barqarorlik hamda xavfsizlikni tahdidga qöydi. Bu haqda RT xabar bermoqda.
«AQŞ raketalarga qarşi mudofaa böyiça kelişuvdan çiqqanda, ular özaro yadroviy bosib turiş tizimini söroq ostiga qöyişdi – bu esa xalqaro barqarorlik va xavfsizlik tizimining asosiy jihatlaridan biri. Rossiya öşandan beri bir neça marta mamlakat yadroviy salohiyatini yöq qilişga qaratilgan sa'y-harakatlar nişoniga aylandi», - deya aytib ötdi Peskov.
Şuningdek uning ta'kidlaşiça, yakunda yuzaga kelgan vaziyat yadroviy bosib turiş tizimining öziga ham tahdid uyğota boşladi.

















