17:30 / 22.03.2018
20641

Marokash qiroli xotini bilan ajrashdi

Foto: Hello!

Marokash qiroli Muhammad VI va uning rafiqasi malika Lalla Salma ajrashdi. Bu haqda Hello! Ispaniyaning Hola! nashriga asosan xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ular 16 yil birgalikda hayot kechirishdi – Muhammad VI hamda Lalla Salma 2002 yilning 21 mart kuni oila qurgan. Juftlikda ikki farzand bor – Marokashning bo‘lajak qiroli 14 yoshli Mulay Hassan va 11 yoshli Lalla Hadicha.

Ta'kidlanishicha, qirol va uning rafiqasi uzoq vaqt davomida omma oldida birgalikda ko‘rinish bermagan. Muhammad VI va Lalla Salma so‘nggi bor Marrakeshdagi Iv Sen-Loran muzeyining ochilishiga birgalikda borishgan.

Mavzuga oid
Top