«Real» va Portugaliya terma jamoasi hujumçisi Kriştianu Ronalduning futbol olamidagi buyukligini şubha ostiga oliş - bema'nilik, tarixdagi eng zör futbolçilar safiga kiritmaslik - qiyin iş, biroq, Pele, Maradona va Kroyffdan ustun qöyişga ham hali juda erta.

Şunday bölsa-da, portugaliyalikning fikriga köra, uni hozirdanoq eng buyuk futbolçi deb hisoblaş mumkin. U qulay fursat topdi degunça, bu haqda gapiriş imkoniyatini qöldan boy bermaydi. Uning öz uluğvorligi haqidagi eng balandparvoz gaplaridan namunalar keltiramiz.

«Muxlislar huştakbozlik qilişmoqda, çunki men - boy, xuşbiçim va zör futbolçiman. Ular menga hasad qilişyapti».

«Atrofimdagilar mening sermahsulligim pasaygani, natijada jamoa natijalari yomonlaşgani haqida gapirişmoqda. Bu meni xavotirga solyapti. Agar barça jamoadoşlarim mening darajamda öynaganida, biz birinçi örinda bölardik».

«Eng sevimli futbolçim - özim».

«Işonçim komil, futbolni sevadigan odamlar meni yaxşi körişadi»

«Jamoam öyiniga 9 baho qöyaman, özimga esa - 10».

«Çiroyli golim? Agar öyinim saviyasini hisobga oladigan bölsak, bu oddiy hol».

«Men öz tariximni yozişda davom etyapman, futbol tarixiga öz sahifamni yozyapman».

«Men dunyoning birinçi, ikkinçi va uçinçi eng yaxşi futbolçisiman».