RBK, «Lenta.ru», «Dojd» telekanali, «Exo Rossiya» radiostansiyasi, «Kommersant'», Znak.com, Republic va RTVI jurnalistlar tomonidan jinsiy zöravonlikda ayblangan deputat Leonid Slutskiy etika böyiça qömita tomonidan aybsiz deb topilişiga javoban boykot e'lon qildi.

Foto: Dmitriy Duxanin / Kommersant'
Birinçi bölib RBK parlamentdan önlab jurnalistlarini (sayt, telekanal, gazeta va jurnal) çaqirib oldi, tez orada «Exo Moskva», «Kommersant'» va «Lenta.ru» Slutskiy hamda Davlat dumasi bilan hamkorlikni töxtatdi, «Lenta.ru» rahbariyati saytdan Slutskiy haqidagi barça materiallarni (u jinsiy zöravonlikda ayblanganidan taşqari) öçirib taşlanişini ma'lum qildi.
Republic naşri esa bundan keyin öz materiallarida Davlat dumasi haqida gap ketganida qavs içida quyidagi izohni qöşib ketadigan böldi: «RFning jinsiy zöravonlikni oqlaydigan davlat organi».
«Kommersant'» tahririyati Duma komissiyasining deputat Leonid Slutskiyga qarşi ayblovlar böyiça tekşiruvdan keyin qabul qilgan xulosasidan hayron. Biz komissiyani adolatdan köra jamoaviy etikani ustun körgan deb bilamiz. Umid qilamizki, bu tarixga şu yerda nuqta qöyilmaydi. Lekin biz şu vaqtgaça nyusmeyker sifatida biz bilan hamkorlik qilib kelgan Slutskiy bilan munosabatlarga nuqta qöyamiz», deyilgan «Kommersant'» bayonotida.
RTVI telekanali boş muharriri Aleksey Pivovarov şunday dedi: «RTVI rahbariyati jurnalistlarni dumadan qaytarib oliş böyiça tahririyat bilan hamjihat. Janob Slutskiy öz postida qolar ekan, biz bu davlat organi bilan hamkorlik qilmaymiz».
«Exo Moskva» radiosi boş muharriri Aleksey Venediktov «Davlat dumasi endi jurnalistlar uçun xavfsiz joy emasligi»ni aytib, «Etika komissiyasi qaroridan juda xafaligi»ni aytdi va duma spikeri Vyaçeslav Volodin tavsiya qilganidek, jurnalistlarni ortga qaytardi.
7 mart kuni Volodin jurnalistlarga şunday degandi: «Sizlar uçun dumada işlaş xavflimi? Unda kasbingizni özgartiring».
Znak.com naşri ham öz jurnalistlarini dumaga yubormasligi va Leonid Slutskiy haqida boşqa yozmasligini bildirgan.
Mart oyi boşida Slutskiy RTVI boş muharriri örinbosari Yekaterina Kotrikadze, «Dojd» prodyuseri Darya Juk va «Russkoy slujby Bi-bi-si» muxbiri Farida Rustamova tomonidan jinsiy zöravonlikda ayblangandi. Rustamovaning sözlariga köra, unda Slutskiy bilan suhbat audiosi mavjud, unda deputat jurnalistga uyatsiz sözlar bilan ma'şuqasi bölişni taklif qilgani aks etgan.













