10-avgust kuni partiyaning Duma saylovida iştirok etişi taqiqlangan edi. Sud bu qarorni «Rodina» partiyasining da’vosi asosida qabul qilgan. Da’vo arizasida «Yabloko» öz taşviqotida mualliflik huquqlarini buzgani hamda xorijdan moliyalaştirilgani aytilgan.
17-avgust kuni «Yabloko»ning apellyatsiya şikoyati körib çiqilayotgan mahkama majlisi vaqtida politsiya Oliy sud binosi oldida 85 nafardan ortiq odamni qölga oldi. Yakunda sud qaror ustidan berilgan şikoyatni rad etdi.
Davlat Dumasiga saylov 2026-yil 20 sentyabrda bölib ötadi. «Yabloko» - Rossiyada saylovlarga «Tinçlik va erkinlik uçun!» degan uruşga qarşi şior bilan borayotgan yagona partiya edi.
«Meduza» naşrining prezident Putin ma’muriyatiga yaqin manbalari 2025-yilning kuzidayoq «yablokoçilar» bunday şior bilan federal darajadagi saylovda qatnaşa olmasligini aytgan edi. Prezident ma’muriyatining siyosiy bloki dastlab Duma kampaniyasini «konservativ ssenariy böyiça», ya’ni boşqariladigan iştirokçilar bilan ötkazişni rejalaştirgan. «Yabloko» saylovda qatnaşiş uçun röyxatga olingan, biroq partiya reytingi ösa boşlagaç, «xatarlarning oldini oliş» maqsadida çetlatilgan, degan edi «Meduza» manbalari.

















