Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi qurolli kuçlardan Rossiya hududidan taşqarida foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiruvçi qonun loyihasini işlab çiqdi. Uning maqsadi — Rossiya fuqarolarining huquqlarini himoya qiliş. “Interfaks” agentligi 10 mart, seşanba kuni noma’lum manbaga tayanib xabar berişiça, hujjatni körib çiqiş uçun Davlat dumasiga kiritişni hukumatning qonun loyihalari faoliyati böyiça komissiyasi ma’qullagan.
“Qonun loyihasi bilan ‘Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi töğrisida’gi federal qonunga va ‘Mudofaa töğrisida’gi federal qonunga özgartişlar kiritilmoqda, ular jumladan Rossiya Federatsiyasi prezidenti qaroriga köra Rossiya Federatsiyasi qurolli kuçlari tarkiblaridan Rossiya Federatsiyasi fuqarolarini himoya qiliş maqsadida hududdan taşqarida foydalaniş imkoniyatini nazarda tutadi”, — dedi “Interfaks” suhbatdoşi.
Tuşuntiriş xatida qayd etilişiça, “qonun loyihasi Rossiya Federatsiyasi fuqarolarini xorijiy davlatlar sudlari qarorlarini ijro etiş jarayonida qölga oliş, uşlab turiş, jinoiy va boşqa ta’qib holatlarida ularning huquqlarini himoya qiliş maqsadida işlab çiqilgan”. Şuningdek, gap Rossiya bilan tuzilgan xalqaro şartnoma yoki BMT nizomining VII bobi doirasidagi vakolatlarga asoslangan BMT Xavfsizlik kengaşi rezolyutsiyasi bilan belgilanmagan xalqaro sud organlari tomonidan rossiyaliklarni ta’qib qiliş haqida ham bormoqda, deyiladi hujjatda.
Amaldagi Rossiya qonunçiligi 2023 yildan beri prezidentga Rossiya Federatsiyasi va uning fuqarolarini himoya qiliş böyiça çoralar köriş imkonini beradi, agar xorijiy, xalqaro yoki davlatlararo organlar Rossiya manfaatlariga zid qarorlar qabul qilsa yoki şunday harakatlarni amalga oşirsa. Biroq qonunda bunday himoya qanday vositalar bilan amalga oşirilişi mumkinligi aniq körsatilmagan.












