Bugun Toshkentdan Qirg‘izistonning Baliqchisiga birinchi yo‘lovchi poyezdi yo‘lga chiqadi.

Poyezd Toshkentdan kechki soat 20:50da yo‘lga chiqadi.

Ushbu poyezdda Baliqchiga 80 kishilik delegatsiya keladi. Ular orasida O‘zbekiston temir yo‘llari, turizm, migratsiya vakillari, yoshlar hamda jurnalistlar bo‘ladi.

Xabar qilinishicha, ushbu yo‘nalish bo‘yicha qatnov haftasiga 1 martadan amalga oshiriladi.