Toşkent şahar prokurorining korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlar böyiça sobiq örinbosari, «Antibiotik» laqabli adliya maslahatçisi Mirağlam Mirzayev va unga yaqin bölgan boşqa prokurorlar ayni vaqtda tergov qilinmoqda. Bu haqdagi xabarlar Boş prokuratura tomonidan tasdiqlandi.

«Boş prokuratura tomonidan R.Qodirovga nisbatan ötkazilayotgan jinoyat işi tergovi doirasida Toşkent şahar prokurorining sobiq birinçi örinbosari M.A.Mirzayev, uning turmuş örtoği M.X.Mirzayeva, öğli A.M.Mirzayev iştirokida juda köp miqdorda pora oliş, boşqa mansabdorlik jinoyatlarini sodir etganlik holatlari yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Şu munosabat bilan, agar Siz körsatilgan şaxslar tomonidan sodir etilgan pora oliş, mansab vakolatlarini suiiste'mol qiliş yoki boşqa jinoiy qilmişlar oqibatida jabrlanuvçi yoki guvoh bölgan bölsangiz, Boş prokuraturaga ariza bilan murojaat qilişingiz yoki 233-63-33, 236-00-76 telefon raqamlari orqali xabar berişingiz mumkin», deyilgan xabarda.

Fevral oyi oxirida OAVda Raşid Qodirov körsatmalaridan keyin adliya maslahatçisi Mirağlam Mirzayev, uning turmuş örtoği, «Yunusobod advokatlar kollegiyasi» rahbari Muhabbat Hasanova, ularning öğli, MXXning Toşkent şahar boşqarmasi huzuridagi Terrorizm va uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraş bölinmasi sobiq boşliği Abduraşid Mirzayev, Mirağlam Mirzayevning jiyani (Mir'azam Mirzayevning öğli), MXX Toşkent viloyat boşqarmasi huzuridagi Terrorizm va uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraş bölinmasi boşliği Mansur Mirzayev qölga olinib, ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qiliş) va 210-moddasi (Pora oliş) böyiça jinoyat işi oçilgani aytilgandi.

Mirağlam Mirzayev xalq orasida «Toşkentning temir prokurori», deya nom olgan. 

Mart oyi boşida Boş prokuratura Mirzayev sobiq boş prokuror işi böyiça uşlanmaganini ma'lum qildi.

«Internet tarmoğida Özbekiston sobiq boş prokurori Raşid Qodirovga nisbatan Boş prokuratura tomonidan qözğatilgan jinoyat işi böyiça Toşkent şahar prokurorining sobiq birinçi örinbosari Mira'lam Mirzayev va uning oila a'zolari uşlanganligi töğrisida xabar tarqatilgan. Boş prokuratura uşbu ma'lumot haqiqatga muvofiq emasligini ma'lum qiladi», deyilgandi raddiyada.

Eslatib ötamiz, 24 fevral kuni Özbekiston Respublikasining sobiq Boş prokurori Raşid Qodirov Özbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 221-moddasi tartibida uşlanganligi haqida