Toşkent şahri prokurorining korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlar böyiça sobiq örinbosari Mirağlam Mirzayev hamda uning oila a'zolari qölga olinmagan. Bu haqda OAVda tarqalgan ma'lumotlar Boş prokuratura tomonidan rad etildi.
«Internet tarmoğida Özbekiston Respublikasi sobiq boş prokurori R.Qodirovga nisbatan Boş prokuratura tomonidan qözğatilgan jinoyat işi böyiça Toşkent şahar prokurorining sobiq birinçi örinbosari M.Mirzayev va uning oila a'zolari uşlanganligi töğrisida xabar tarqatilgan. Boş prokuratura uşbu ma'lumot haqiqatga muvofiq emasligini ma'lum qiladi», deyilgan Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi xabarida.
Bundan avvalroq OAVda Raşid Qodirov körsatmalaridan keyin adliya maslahatçisi Mirağlam Mirzayev, uning turmuş örtoği, «Yunusobod advokatlar kollegiyasi» rahbari Muhabbat Hasanova, ularning öğli, MXXning Toşkent şahar boşqarmasi huzuridagi Terrorizm va uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraş bölinmasi sobiq boşliği Abduraşid Mirzayev, Mirağlam Mirzayevning jiyani (Mir'azam Mirzayevning öğli), MXX Toşkent viloyat boşqarmasi huzuridagi Terrorizm va uuyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraş bölinmasi boşliği Mansur Mirzayev qölga olinib, ularga nisbatan jinoyat işi oçilgani aytilgandi.
Mirağlam Mirzayev xalq orasida «Toşkentning temir prokurori» deya nom olgan.
Eslatib ötamiz, 24 fevral kuni Özbekiston Respublikasining sobiq Boş prokurori Raşid Qodirov Özbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 221-moddasi tartibida uşlanganligi haqida xabar berilgan edi. Qodirovga nisbatan «Tovlamaçilik», «Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qiliş», «Pora oliş» moddalari böyiça jinoyat işi oçilgan. Şuningdek, uşbu jinoyat işi böyiça boş prokurorning sobiq örinbosarlari hamda Toşkent viloyatining sobiq prokurorlari bölmiş Jamşid Fayziyev va Uluğbek Sunnatov uşlangan.

















