2018 yil 16 mart kuni soat taxminan 03:00da noma'lum şaxslar Uçtepa tuman hududida joylaşgan “Ideal” nomli supermarket yertölasida joylaşgan kompyuter öyinxonasida qorovul bölib işlovçi J. ismli şaxsga hayot va soğliq uçun xavfli bölmagan zörlik işlatiş yöli bilan qörqitib, 7 dona “Play Station” öyin apparatlari, 3 dona djoystiklari, tyuner va “Samsung” rusumli planşetlarini oçiqdan-oçiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yaşiringanlar. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Içki işlar organi xodimlari tomonidan olib borilgan tergov va tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida uşbu jinoyatni sodir etişda 5 nafar gumon qilingan şaxs aniqlanib, aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Bundan taşqari, 2018 yil 17 mart kuni soat taxminan 02:30da noma'lum şaxslar Çirçiq şahrida joylaşgan “Alişer-Agro-Madad” fermer xöjaligi binosiga devordan oşiş yöli bilan ğayriqonuniy ravişda kirib, qorovul bölib işlovçi I. ismli şaxsga hayot va soğliq uçun xavfli bölmagan zörlik işlatiş yöli bilan qörqitib, u yerdan “Roison” rusumli televizor, “DVD” pleyeri va “Nokiya” rusumli telefon apparatini oçiqdan-oçiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yaşiringanlar.

Içki işlar organi xodimlari tomonidan olib borilgan tergov va tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida uşbu jinoyatni sodir etişda gumon qilingan A. va B. ismli şaxslar aşyoviy dalillar bilan qölga olinganlar.
Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “b” bandi, ya'ni özganing mulkini hayot va soğliq uçun xavfli bölmagan zörlik işlatiş bilan qörqitib, bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, uy-joyga, omborxona yoki boşqa xonaga ğayriqonuniy ravişda kirib, oçiqdan-oçiq talon-toroj qiliş jinoyat alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.