Sport | 18:40 / 23.03.2018
14106
2 daqiqa o‘qiladi

«Uzbek Tigers» Kolumbiyadagi jang oldidan o‘tkazilgan marosimlarda qatnashdi

Butunjahon boks seriyalari (WSB) VIII mavsum guruh bosqichida «Uzbek Tigers» jamoasi navbatdagi, 4-turni Janubiy Amerikada, Kolumbiyaning «Colombia Heroicos» jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

O‘zbekistonlik bokschilar Soledadda 23 mart kuni (Toshkent vaqti bilan 24 mart tongida) ringga ko‘tariladi. Jangdan oldin ikki jamoa vakillari ishtirokida matbuot anjumani va vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Kolumbiyada quyidagi juftliklar bahslashadi:

49 kg: Mironshoh Ibragimov - Rivas Martinez
56 kg: Shahobiddin Zoirov - Jon Martinez
64 kg: Iqboljon Xoldorov - Jon Guterrez
75 kg: Isroil Madrimov - Jorj Vivas
-91 kg: Sanjar Tursunov - Hulio Deyvis

«Uzbek Tigers» 3ta jang o‘tkazib, safarda «Cuba Domadores» (5:0) imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, o‘z maydonida revansh oldi (4:1) va «Colombia Heroicos» jamoasini ham xuddi shu hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid