Venesuela prezidenti milliy valyuta – bolivar denominatsiyasi (pul qiymatini özgartiriş) haqida e'lon qildi. Bu haqda respublika yetakçisi matbuot anjumani davomida ma'lumot berdi, deb xabar qilmoqda Globovision telekanali.

«Men Venesuela iqtisodiyoti uçun zarur bölgan valyuta denominatsiyasini duşanba, 4 iyundan faollaştiriş va e'lon qiliş haqidagi hujjatga imzo qöyişga qaror qildim. Men hozirgi pullardan uçta nolni olib taşlaş, muomalada bölgan kupyuralarni almaştiriş va yangilarini kiritişga jazm etdim. Bu Venesuela fuqarolariga ularning tijoriy hamda iqtisodiy faoliyatini kafolatlaş uçun kerak», - deya aytib ötdi Maduro.

Mamlakat milliy qahramoni Fransisko de Miranda portreti bölgan 200 bolivarlik va general Simon Bolivar tasviri tuşirilgan 500 bolivarlik yangi kupyuralar muomalaga kiritiladi. Bundan taşqari, Venesuelada uzoq tanaffusdan söng yana tangalar paydo böladi.