Özbekistonda Damas avtomaşinalarida yölovçilarni taşişni bosqiçma-bosqiç Peugeot mikroavtobuslariga ötkaziş dasturi amalga oşiriladi. Bu haqda Özbekiston avtomobil transporti agentligi rahbari örinbosari Şoolim Şovahobov aytib ötdi, deb yozmoqda “Xalq sözi”.
Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive Özbekiston — Fransiya avtomobil zavodi öz mahsulotlarining birinçi turkumini joriy yil dekabr oyida yetkazib berişni rejalaştirmoqda. Bu yerda ikki rusumdagi – “Pejo bokser” (10-12 xil modifikatsiyali) va “Pejo ekspert” (7 ta modifikatsiya) işlab çiqariladi. Yiliga birinçi turdagi model 3 mingta, ikkinçisi esa 13 mingta tayyorlanadi.
Bugun xususiy taşuvçilar orasida Damas özining iqtisodiy tejamkorligi bilan maşhur. Ammo bu turdagi transport vositasi yölovçilar uçun juda noqulay hisoblanib, favqulodda vaziyatlarda xavfsiz emas.
Özbekiston avtomobil transporti agentligi rahbari örinbosari Şoolim Şovahobovning aytişiça, ayni paytda mamlakatda yölovçi taşişda 36 mingta Damas’dan foydalanilyapti.
“Töğri, bugungi kungaça yurtimiz viloyatlari şahar oldi va şaharlarida Damas’lar qatnayapti. Poytaxtda esa ular endi yöq. Joriy yilning törtinçi çoragida Jizzaxda 11 va 17 örinli yangi mikroavtobuslarni işlab çiqariş yölga qöyiladi. Mazkur texnika bosqiçma-bosqiç yöllarimizdagi Damas’larni almaştiradi. Taşuvçilar uşbu texnikani kutişyapti, bizning agentlikda ham bunday mikroavtobuslarni sotib oliş böyiça dastur bor. Bu xuddi, masalan, Özbekistonda “Tiko” işlab çiqariş töxtatilgandan söng, “Matiz” va “Spark” işlab çiqarişga ötilgani kabi yangi bosqiçga kötariliş böladi”, — dedi Ş. Şovahobov.
Ma’lum qilinişiça, yangi mikroavtobuslar şinam, xavfsiz va boşqarişga qulay, şuningdek, benzin sarflaş nuqtai nazaridan tejamkordir.

















