Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal davlat rahbari Vladimir Putinga Rossiyaga qaytiş borasida iltimos bilan xat yuborgani haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
«Yöq. Bu notöğri, haqiqatdan yiroq», - deya aytib ötgan Peskov.
Eslatib ötamiz, avvalroq «Bi-bi-si» telekanali Skripal Putinga xat yuborib, keçirişni söragani haqida xabar bergandi. Xabar qilinişiça, Skripal özini sotqin deb hisoblamagan, sababi «u Rossiyaga emas, balki Sovet Ittifoqiga, sotsialistik vataniga sodiq böliş haqida qasamyod keltirgan». Aytilişiça, Skripal Rossiya prezidenti Vladimir Putinga maktub yuborib, unda «butunlay keçiriş» va vatanga qaytiş imkoniyatini taqdim etişni söragan.













