Davlat rahbari Şavkat Mirziyoyev 23 mart kuni bölib ötgan videoselektor yiğilişida aholi tomorqalaridan samarali foydalaniş borasida qilinayotgan işlarni çuqur tahlil qildi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri xabar berdi.
Yiğilişda farmon bilan Kengaşlarga yuklatilgan “Tomorqa – qöşimça daromad manbai” şiorini keng tarğib qiliş, tomorqadan samarali foydalanayotgan aholini rağbatlantiriş va aksinça samarasiz foydalanayotgan aholiga çora köriş masalalari muhokama qilindi.
Prezident Xitoyning uşbu sohada erişgan yutuqlari haqida şunday dedi: “Bir misol keltirmoqçiman. Bugungi kunda Xitoy özi yetiştirgan meva-sabzavot mahsulotlari bilan nafaqat 1,5 milliard aholisini ta'minlayapti, balki eksport böyiça ham yetakçi hisoblanadi. Xitoy ham bu yutuqlarga osonlikça erişmagan. Oğir bölgan. Buning barçasi “Xitoy mö'jizasi”ning asosçisi bölgan Den Syaopin tomonidan işlab çiqilgan islohotlar, şu jumladan şaxsiy tomorqa xöjaliklarini rivojlantirişdan boşlangan.
Çöp suqsang, kökaradigan yerimiz bor, mehnatsevar xalqimiz bor. Lekin tomorqa yerlaridan – şunday katta rezervdan foydalanmayapmiz. Şuning uçun bugundan boşlab «Tomorqaga ekin ekiş» oyligini e'lon qilib, har bir tomorqaga ekin ekişni taşkil etiş kerak. Agar hozir ekmasak, keyin keç böladi”.












