Sport | 09:29 / 24.03.2018
20549
2 daqiqa o‘qiladi

O‘rtoqlik uchrashuvlari. Argentina Messisiz, Portugaliya Ronaldu yordamida g‘alaba qozondi

Foto: AFP

23 mart kuni FIFA kunlari doirasida bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. 

Lionel Messi maydonga tushmagan uchrashuvda Argentina terma jamoasi Italiya terma jamoasi bilan kuch sinashib 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

So‘nggi ikki jahon chempionatining amaldagi g‘oliblari Germaniya va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda esa 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. Angliya esa Niderlandiya uyida Lingardning yagona goli evaziga zafar quchdi.

Portugaliya terma jamoasi Misr bilan kuch sinashib, so‘nggi daqiqalarda Ronalduning qahramonligi tufayli g‘alabani ilib ketdi. Krishtianu 93 va 95-daqiqalarda Saloh kiritgan golga javob qaytarib terma jamoasiga muvaffaqiyat keltirdi.

Fransiya terma jamoasi esa o‘z uyida Kolumbiya terma jamoasiga kutilmaganda 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Yulduzli tarkib avvaliga 2:0 hisobida oldinga chiqib olgan bo‘lsa, keyinchalik o‘z darvozasidan uchta to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldi.

Shu va boshqa uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi.

O‘rtoqlik uchrashuvlari

Germaniya – Ispaniya 1:1 (1:1)
Gollar: Myuller (35) – Rodrigo (6).

Niderlandiya – Angliya 0:1 (0:0)
Gol: Lingard (59).

Argentina – Italiya 2:0 (0:0)
Gollar: Banega (75), Lansini (85).

Portugaliya – Misr 2:1 (0:0)
Gollar: Ronaldu (90+3, 90+5) – Saloh (56).

Fransiya – Kolumbiya 2:3 (2:1)
Gollar: Jiru (11), Lemar (26) – Muriel (28), Falkao (62), Kintero (85, penalti).

Ozarboyjon – Belarus 0:1 (0:1)
Gol: Medvedev (42, avtogol).

Turkiya – Irlandiya 1:0 (0:0)
Gol: Topal (52).

Gretsiya – Shveytsariya 0:1 (0:0)
Gol: Jyemaili (59).

Saudiya Arabistoni – Ukraina 1:1 (1:1)
Gollar: Al-Muvallad (38) – Kravets (32).

Serbiya – Marokash 1:2 (1:2)
Gollar: Tadich (37) – Ziyosh (29, penalti), Butaib (40).

Polsha – Nigeriya 0:1 (0:0)
Gol: Mozes (61, penalti).

Mavzuga oid