Singapurdagi umumta'lim maktablarida ta'lim olayotgan boşlanğiç sinf öquvçilarning bir foizi har yili «maxsus konvertdagi maktub»ni biror kun uyiga eltib boradi. Konvert içidagi maktub uni tutib turgan öquvçiga hukumat tomonidan taşkil etilgan «Iqtidorli öquvçilar uçun Ta'lim dasturi»da öqişni davom ettiriş huquqini beradi.
Bunday «taklif»ni faqat ingliz tili, matematika fanlaridan tuzilgan testni a'lo darajada yeçgan va intellektual koeffitsiyenti tengdoşlariga nisbatan yuqori bölgan bolalar qabul qiladi. Agar öquvçining ota-onasi (yoki ularning boquvçi şaxs) uşbu taklifni qabul qilsa, bolaning öqişi boşqa maktabga köçiriladi, u maxsus dastur böyiça ta'lim olişni boşlaydi.
Millat uçun yangi iqtidorlarni izlab topişda Singapur tarixiy va an'anaviy uslubdan foydalanadi: murakkab imtihon orqali bir marta ötkazilgan sinovdan yaxşi natijani qölga kiritiş kerak.
Jahon tajribasida esa «iqtidor»larni qidirişda boşqaça uslublar keng qöllanilmoqda. Masalan, ta'limda kam ta'minlangan oila farzandlarini rağbatlantiriş orqali kuçli motivatsiya hosil qiliş yoki allaqaçon muvaffaqiyatga erişgan insonlarning psixologik portretini örganib, uning in'ikosini yoşlardan izlaş şular jumlasidandir.
Yangi tadqiqotlardan ayon böladiki, ilmiy salohiyat kelgusi muvaffaqiyatlarni başorat qilişda eng yaxşi körsatkiç hisoblanadi. Biroq aqliy qobiliyatning özi barça muvaffaqiyatga erişiş uçun yetarli emas.
Edinburg Universiteti tadqiqotçisi Styuart Riççining aytişiça, kitobni öqib, ma'lumotlarni yod olişdan köra, sabablarni tahlillaş, muammoni hal etiş, farazlarni tasavvur qiliş va şu kabi abstrakt qobiliyatlar intellektual koeffitsiyentni belgilaşda muhim rol öynaydi.
Dunyo böyiça iqtidorli öquvçilarni tarbiyalaşda paydo bölgan muammo şundaki, boşlanğiç sinflarda barça tengdoşlaridan ajralib turgan 5 foiz öquvçilar guruhining 95 foizi uzoq kelajakda yirik «ğalaba»ga erişa olmayapti. Bunga bolaning ta'limdagi moliyaviy xarajatlari va jismoniy ösib-ulğayişi uçun yetarli şaroit tayyorlanmagani vaj qilib körsatiladi.
Özbekistondagi umumta'lim maktab tizimida yuz berayotgan hodisalar nafaqat tizimning isloh qilinmayotgani, balki ota-onalarning e'tiborsizligi tufayli salbiy natijani körsatmoqda. Masalan, boşlanğiç sinfda a'lo bahoga öqigan öquvçilarning juda kam sonli qismi yakunda öşa natijani saqlab qolgan böladi.
Qars ikki qöldan çiqadi, ammo ota-onalar 5 sinfdan söng, farzandining ta'limiga kam e'tibor qaratadi. Ota-ona va öquvçilarni rağbatlantiriş, şuningdek, ta'lim tizimini isloh qiliş maqsadida maktabda pullik sinflarni taşkil etiş maqsadga muvofiq böladi. A'lo bahoga öqib, yaxşi natijaga erişayotgan öquvçilar saralanib, Singapur modeliga murojaat qiliş imkoniyati paydo böladi. Öqişda yaxşi natijalarga erişmagan öquvçi ta'lim uçun pul tölaşga majbur böladi. Va nihoyat, pedagog xodimlarning ham mehnatiga yaraşa maoş tölaşga imkoniyat topiladi.











