«Barselona» hujumçisi Lionel Messi sobiq jamoadoşi, ayni vaqtda «PSJ» a'zosi bölgan Neymarga «Mançester Siti» safiga ötişni maslahat qilgan. Don Balon manbasi ma'lumotiga köra, u braziliyalik futbolçiga «Real»ning taklifini qabul qilmaslik kerakligini aytgan.

Qayd etilişiça, Messi kataloniyaliklar jamoasining sobiq boş murabbiyi Xosep Gvardiola «Mançester Siti»da olib borayotgan işlardan katta taassurot hosil qilgan. Uning fikriça, Neymarga uşbu jamoa öyini mos keladi.

Ötgan haftada OAVda Neymar parijliklar klubi rahbariyatiga ultimatum qöygani, agar jamoadagi haftalik maoşi miqdori 1,1 million yevroga oşirilmasa, klubdan ketişini aytgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Şuningdek, u özini baxtsiz his qilayotgani sababli «Barselona»ga qaytiş istagida ekani aytilgandi.

«Real» esa uni qölga kiritiş uçun ança vaqtdan buyon harakat qilib kelmoqda.

Hozirda 26 yoşli uşbu futbolçi fevral oyida Fransiya çempionatida olgan jarohatini davolaş bilan band. U tovonidan olgan jarohatini may oyi oxirigaça tuzatib, safga qaytişi kutilmoqda.

Joriy mavsumda Neymar «PSJ» safida barça turnirlar doirasida 30 öyinda maydonga tuşib, 29 gol urgan va 3 golga uzatma bergan.