Juda köplab mamlakatlarda hukumat rahbarlarining öz qarorgohlari borligi odatiy hol. Biroq Kanadada-çi? Yöq, Kanadada unday emas. Kanadaning boş vazirlari 1951 yildan beri poytaxt Ottavaning Sasseks degan şahrida oddiy toşdan yasalgan davlat uyida yaşab keladilar. Mazkur uy 150 yil ilgari oliy toifadagi şaxslar uçun qurilgan. Bino, asosan, sement mahsulotidan qurilgan.

Lekin hozirgi kunga kelib ançayin xaroba holiga kelib qolgan. «Hatto omborxonalarida siçqonlarni uçratişingiz mumkin», - deydi uy xizmatkori.

Mahalliy davlat hokimiyati bundan yigirma yil avval uyni ta'mirlaş işlari olib borilişi zarurligini öşa paytdagi boş vazirga tuşuntirgan. Lekin bunga ahamiyat berilmagan. Hozirgi kunda esa uyni ta'mirlaş uçun taxminan 10 million Kanada dollari kerakligi aytiladi.

Foto: National Capital Commission

Kanadaning hozirgi boş vaziri Jastin Tryudoga nega hukumat tomonidan sizga turar-joy berilişini yoki uyingizni ta'mirlab berişlarini istamaysiz degan savolga u: «Men şundoq ham yaxşi yaşayman. Menda hammasi joyida, men baxtliman. Uy masalasiga kelsak, u menga öz vazifamni amalga oşirişimga xalaqit bermaydi. Mazkur pullar xayriya uçun sarflansa adolatdan böladi. Şu bilan birga siyosiy tanqidlar markazida bölişni ham xohlamayman», - deb javob bergan boş vazir.

Foto: 123coolpictures

Eslatib ötamiz, kanadalik siyosatçi 2015 yil 4 noyabrdan beri boş vazirlik faoliyatini yuritib kelmoqda.