AQSh hukumati «Skripal ishi» tufayli mamlakatdan rossiyalik 48 diplomatni, shuningdek, Rossiyaning BMTdagi missiyasi 14 xodimini chiqarib yuboradi.

«Biz mamlakatdan rossiyalik 48 diplomatni, shuningdek, Rossiyaning BMTdagi missiyasi 14 xodimini chiqarib yuboramiz. Hammasi bo‘lib 60 diplomat», - deya aytib o‘tgan Oq uydagi manba.

Ta'kidlanishicha, AQSh «rossiyalik o‘nlab razvedkachilarni» chiqarib yuborish hamda Rossiyaning Sietldagi bosh konsulligini yopish haqida qaror qabul qilgan.