Misrda 26 martda prezident saylovlari boşlanmoqda. Saylovlarning 1-bosqiçi 26-28 mart kunlari bölib ötadi. 

Saylovlarda mamlakatning amaldagi prezidenti, 63 yoşli Abdul Fattoh as-Sisiy yaqqol yetakçi hisoblanadi. Misrning sobiq mudofaa vaziri bölgan as-Sisiy uşbu lavozimga 2014 yilda saylangan.  

Uning saylovlardagi yagona raqibi – 65 yoşli tadbirkor va “Al-Gad” partiyasi rahbari Muso Mustafo Muso hisoblanadi. Köplab mahalliy va xorijiy ekspertlar uning amaldagi prezidentga jiddiy raqobat tuğdirişi dargumonligini aytişmoqda, Musoning özi esa saylovçilarning 50 foiz ovoziga umid qilayotganini aytgan.

Misrda avvalgi prezident saylovlari 2014 yilda bölib ötgan. Öşanda as-Sisiy 97 foiz ovoz töplagan, uning yagona raqibi Hamdin Sabbohiyga 2,9 foiz saylovçilar öz ovozlarini berganlar.