Yurtimizda ijtimoiy iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan keng qamroqli islohotlarning boş maqsadi — xalqning farovonligini oşiriş, joylarda iş örinlarini köpaytiriş, qişloq yoşlarini foydali mehnatga jalb etiş bölib kelmoqda.
Prezident Şavkat Mirziyoyevning «ikkita iş örni yaratgan tadbirkorni boşimga kötaraman», degan purma'no sözlari barçaga işonç va umid baxş etdi.

Samarqand viloyati, Nurobod tumanining Nurbuloq şaharçasida istiqomat qilayotgan yakka tartibdagi tadbirkor Sunnat Şomurodov ham ayni payda şaharçada turli dökonlar, sartaroşxona, qassobxona, avtomobillarga texnik xizmat körsatiş ustaxonasi taşkil etib, el oğirini yengil qilib kelayotgan mahalliy işbilarmonlardan. U bizga özini qiynayotgan muammo bilan murojaat qildi va biz voqeani öz joyida örganiş uçun Nurbuloq şaharçasiga yöl oldik.
58 yoşli tadbirkor Sunnat Şomurodovning endigi maqsadi — özi qurib işlatayotgan korxonalarning orqa qismida qandolat sexi va mehmonxona qurib, tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirişdan iborat edi.
Şu maqsadda u 2012 yilda 27 dekabrda «ÖzAeroNavigatsiya» markazining taşlandiq bölib yotgan yer maydonidan 2 sotix yerni Nurobod tuman hokimining 566-sonli qarori bilan rasmiylaştirib oladi. Şundan söng tegişli taşkilotlar rejani ölçab çizib, qoziq qoqib berişadi. Inşootning arxitektura-loyiha topşiriği va boşqa hujjatlar tayyorlandi. Tegişli idoralarning barçasidan ruxsat olingan. Çizmalar ostida öşa paytda faoliyat körsatib turgan «Özaeronavgiatsiya» markazining e'tirozi yöqligi haqidagi imzosi va muhri ham turibdi.
2016 yilda tuman hokimining uşbu yer maydoniga egalik huquqini beriş haqidagi qarori ham çiqadi.


Biroq, ma'lum böladiki «ÖzAeroNavigatsiya» markazi tugatilgaç, unga tegişli yer joylar tuman zaxirasiga olingan va 2015 yil noyabr oyida yer maydoni töliq şaharçada istiqomat qiluvçi boşqa bir yakka tartibdagi tadbirkor Zohid Boliyevga tuman hokimining 631-sonli qarori bilan rasmiylaştirib beriladi.













