Belarus va O‘zbekiston harbiy hamkorlik bo‘yicha ikki tomonlama bitim imzolaydi. Bu haqda “Xalq so‘zi” nashri yozmoqda.

Belarus mudofaa vazirligiga ko‘ra, bugun ushbu davlat mudofaa vaziri Andrey Ravkovning O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi boshlandi. Safar chog‘ida vazir O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi bilan uchrashadi, shuningdek, O‘zbekiston mudofaa idoralari rahbarlari bilan muzokaralar olib boradi. Bularning davomida harbiy hamkorlik bo‘yicha ikki tomonlama bitim imzolanadi.

Shuningdek, A.Ravkov rasmiy tashrif dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi bilan tanishi ham ko‘zda tutilgan.