Maktabgaça ta'lim muassasalarini öyinlar, öyinçoqlar, mebel, jihozlar va boşqa texnik vositalar bilan jihozlaş me'yorlari tasdiqlandi.
 
Norma’ning yozişiça, quyidagilar uçun jihozlaş me'yorlari belgilangan:
 
• maktabgaça ta'lim muassasalari (keyingi örinlarda – MTM) guruhlari, şu jumladan salomatligida nuqsoni bölgan (aqli zaif va oğir nutq nuqsoni bölgan, tayanç-harakat a'zolarida nuqsoni bölgan, kar va zaif eşituvçi, közi ojiz va zaif köruvçi) bolalar uçun maxsus guruhlar; 
• yordamçi xonalar (musiqa zali, jismoniy tarbiya zali, ma'muriy-metodik xonalar, kir yuviş xonasi, yonğin xavfsizligi burçagi, xöjalik va bino işçilari uçun jihozlar, tibbiy xizmat körsatiş xonalari, oşxona, omborxona);
• MTM hududi va taşqi öyin maydonçalari;
• bolalar uçun sanitariya-gigiyenik vositalar.
 
Ilgari amal qilgan me'yorlar bekor qilindi. Ular bilan soliştirganda, misol uçun, majburiy öyin töplamlari röyxati sezilarli darajada kengaydi: «Atele», «Bank», «Poçta», «Supermarket», «Ferma» va b. Sport anjomlari ham köpayadi. Bolalar velosiped va samokatlarda uçişlari, gantellardan foydalanişlari, «baliq ovi», «valiologiya» (odam tanasi bilan tanişiş böyiça pazllar, kub va maketlar) va boşqa öyinlarni öynaşlari mumkin.    
 
MTM guruhlarini jihozlaş me'yorlari turli yoşdagi bolalar guruhlari kesimida, şu jumladan 2 yoşdan 3 yoşgaça bölgan bolalar uçun belgilangan (maxsus guruhlar bundan mustasno). Davlat tasarrufidagi bolalar boğçalariga bolalar 3 yoşdan qabul qilinadi, nodavlat boğçalarda esa bolalarni qabul qiliş yoşi ularning ustavlarida belgilanadi. 17.03.2018 yilda 2986-son bilan röyxatdan ötkazilgan hujjatda me'yorlar faqat muayyan toifadagi MTMga (masalan, davlat tasarrufidagi – tahr.) nisbatan amal qilişi körsatilmagan. Binobarin, tasdiqlangan normativlar ham davlat, ham xususiy MTM uçun majburiy.
 
Hujjat 18.03.2018 yildan kuçga kirdi.