Farğona viloyatining Oltiariq tumanida 25 mart kuni soat 22.30larda Islomobod MFY Maş'al köçasida yaşovçi, 1985 yilda tuğilgan Ş.S. uyida özaro janjal oqibatida birga yaşagan ukasi, 1986 yilda tuğilgan D.S.ning çap kökrak qismiga piçoq bilan urib jarohat yetkazgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar bermoqda.
Natijada D.S. kasalxonaga yotqizilgan va körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Ş.S. qölga olingan.
Şuningdek, Namangan viloyatining Norin tumanida 24 mart kuni soat 21.50larda Pastki Çöja MFY Istiqlol köçasida yaşovçi, 1989 yilda tuğilgan M.B. uyida özaro janjal oqibatida birga yaşovçi ukasi, 1991 yilda tuğilgan M.D.ning çap kökrak qismiga piçoq bilan urib jarohat yetkazgan.
Natijada M.D. kasalxonaga yotqizilgan. M.B. qölga olingan.












