2017 yil avgustda Tayvan sun'iy yöldoşini orbitaga olib çiqqan Space X Falcon 9 raketasining uçirilişi ionosferada 900 km keladigan darça hosil bölişiga olib kelgan. Bu haqda Tayvan milliy universiteti olimlari tadqiqotida ma'lum qilingan.

Tadqiqotda ta'kidlanişiça, raketaga ortilgan yukning nisbatan yengilligi raketani egri yönaliş örniga deyarli vertikal holatda uçirişga imkon bergan. Raketani bunday holatda uçiriş tortiş kuçini osonroq yengib ötişga imkon beradi.

Buning oqibatida esa V-simon bölmagan, aylana şaklidagi zarba tölqini hosil bölgan, u raketa dvigatelidan çiqqan gazlar bilan birga ionosfera plazmasida diametri 900 kmlik darça paydo bölişiga sabab bölgan. Ta'kidlanişiça, darça bir neça soat davomida saqlanib turgan. Tadqiqotçilarning aytişiça, uşbu tölqin koinot parvozlari tarixidagi eng kuçlisi bölgan.

Ta'kidlanişiça, ionosferadagi bunday yoriqlar GPS-tizimlarida nosozliklarga olib kelişi mumkin.