Farğona viloyati Uçköprik tumanida yaqinda faoliyatini boşlagan «IShONCh MeD KLINIK CeRVIC» MÇJ aholiga sifatli va malakali tibbiy xizmat körsatişni muvaffaqiyatli amalga oşirib kelmoqda. Klinika 40 öringa möljallangan bölib, xizmat körsatiş faoliyati böyiça teri kasalliklarini zamonaviy davolaşga ixtisoslaşgan. Klinika teri kasalliklarini statsionar va ambulator şaroitda davolaşda Respublikamizda yagona bölgan xususiy klinika hisoblanadi. Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Soğliqni saqlaş sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisidagi” qarorini hayotga tatbiq qilinişi klinikaning moddiy-texnik asosini eng zamonaviy tibbiy jihozlar bilan boyitilişiga zamin yaratdi. Jumladan, Janubiy Koreyaning “SAMSUNG MEDISON” va “USTS” kompaniyasi bilan hamkorlikda klinikada teri kasalliklarini eng zamonaviy davolaşda qöllaniladigan apparaturalar majmuasi keltirildi va örnatildi.

Foto: IShONCh MeD

Klinikada faoliyat körsatuvçi şifokorlar jamoasi Toşkentning yetakçi dermatologiyaga ixtisoslaşgan klinikalarida faoliyat olib borgan malakali şifokorlar bilan şakllantirilgan.

Klinikada laborator diagnostika bölimi ham eng zamonaviy diagnostika uskunalari bilan jihozlangan bölib, kasalliklarga aniq va tezkor laboratoriya tahlillarini ötkazişga va kasalliklarga töğri taşxis qöyilişiga zamin yaratmoqda. Şuningdek, teri kasalliklarini davolaş samaradorligini yanada oşiriş maqsadida Fizioterapiya bölimi taşkil qilingan bölib, eng zamonaviy tibbiy apparaturalar majmuasi bilan jihozlangan. Klinikada şuningdek, şifokor revmatolog (böğim kasalliklari böyiça mutaxassis) va şifokor urolog xizmatlari yölga qöyilgan.

Foto: IShONCh MeD
Foto: IShONCh MeD
Foto: IShONCh MeD