Kemerovodagi “Zimnyaya vişnya” savdo markazida yonğin haqida signal olingandan keyin bu haqda ogohlantiruvçi tizimni öçirib qöygan qöriqçi qölga olindi. Bu haqda Rossiya tergov qömitasi vakili Svetlana Petrenko ma'lum qildi.
25 mart kuni uşbu savdo markazida yuz bergan yonğinda 64 kişi halok böldi. Şifoxonalarda 13 kişi qolmoqda.
“Yonğin böyiça 5 gumonlanuvçi, jumladan xususiy qöriqlaş korxonasi xodimi uşlanib, söroq qilindi”, deb aytgan Petrenko.
Petrenkoning aytişiça, tergovçilar yonğin markazi joylaşgan xonani ijaraga olgan şaxs, savdo markaziga egalik qiluvçi kompaniya texnik direktori, yonğin signalizatsiyasiga xizmat körsatgan taşkilot xodimi va rahbarini söroq qilganlar.
Ma'lum qilinişiça, qöriqçiga nisbatan jiddiy jinoiy jazo tayinlanişi mumkin.
“Qöriqçining harakatlari Jinoyat kodeksining “Yonğin xavfsizligi talablarini buziş” moddasi böyiça tasniflanişi mumkin. Bu jinoyat oğir hisoblanadi va uni amalga oşirganlik uçun 7 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlanişini mumkin”, deb aytgan Petrenko.
Kemerovodagi yonğin Samara içki işlar boşqarmasidagi (1999 yil, 57 qurbon), Krasnodar ölkasidagi qariyalar uyidagi (2007 yil, 63 qurbon) va Permdagi “Xromaya loşad” klubidagi (2009 yil, 153 qurbon) yonğinlar bilan bir qatorda Rossiyada oxirgi 100 yil içida yuz bergan 4 ta yirik yonğindan biri böldi.












