Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston bosh vaziri Kemerovodagi fojiadan saboq chiqarishga chaqirdi
Qozog‘iston bosh vaziri Bakitjon Sagintayev 27 mart kuni hukumat majlisida Rossiyaning Kemerovosidagi kabi fojiaga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida mamlakatdagi savdo markazlari yong‘in xavfsizligini tekshirish topshirig‘ini berdi.
Kemerovodagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida 25 mart kuni yong‘in yuz berishi oqibatida 64 kishi, jumladan ko‘plab bolalar halok bo‘ldi. Yong‘in markazning kinozallar va bolalar attraksionlari joylashgan oxirgi – 4-qavatida boshlangan.
“Bizga bundan saboq chiqarish lozim. Hozir bu muammo ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinmoqda, blogerlar o‘z tashabbuslari bilan savdo-ko‘ngilochar markazlariga borib, avariyaviy eshiklar ochiq-yopiqligini tekshirib chiqishmoqda. Shu sababli ichki ishlar vazirligi, o‘t o‘chirish xizmatlari va akimatlar bu savdo markazlarini yong‘in xavfsizligiga tekshirishlari, zarur choralar ko‘rishlari lozim”, deb aytgan Sagintayev.
Bosh vazir tekshiruvlarni nazorat qilishni o‘z o‘rinbosari Asqar Maminga topshirgan.
Mavzuga oid
09:01 / 09.04.2026
Poytaxtdagi uch bozorning ayrim bloklari vaqtincha yopildi
09:34 / 05.02.2026
Toshkentda yong‘in xavfsizligi talablariga javob bermagan obektlar faoliyati to‘xtatilmoqda
15:42 / 04.02.2026
Toshkentda savdo markazlari yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tekshirilmoqda
23:12 / 01.12.2025