Qozoğiston Harbiy-dengiz kuçlarining sobiq boş qömondoni Qanat Niyazbekov Kaspiy dengizidagi maşğulotlar vaqtida harbiy xizmatçilarning halok bölişi işi yuzasidan hibsga olindi. Prezident Qosim-Jömart Töqayev ötgan haftada uni lavozimidan ozod etgan edi.

Kaspiy dengizining Qozoğistonga qaraşli sektorida 22-sentabr kuni «Kaspiy mudofaasi - 2026» maşğulotlari boşlandi. Unga 500 nafardan ortiq harbiy xizmatçi jalb etildi.

24-sentabr kuni harbiy maşğulotlar davomida ob-havoning keskin yomonlaşişi oqibatida Qozoğistonning 17 nafar harbiy xizmatçisini dengiz tölqinlari oqizib ketdi. Ulardan faqat uç nafarini qutqarib qolişga erişildi.

Qanat Niyazbekov yuz bergan hodisani noqulay ob-havo şaroiti va tölqinlarning kuçayişi bilan izohladi. Bunday maşğulotlarni ötkazişda mazkur omillar inobatga olinganmidi, degan savolga u: «Umuman olganda, inobatga olinadi», - deb javob berdi.

Bu yöqotiş Qozoğiston armiyasi tarixidagi eng kattasi böldi. Qosim-Jömart Töqayev barça aybdorlarni javobgarlikka tortişni talab qildi. Beş nafar mansabdor şaxs allaqaçon hibsga olindi, Qozoğiston Mudofaa vazirligi tekşiruv komissiyasi esa maşğulotlarga tayyorgarlik köriş va ularni rejalaştirişda kamçilik va qoidabuzarliklarni aniqladi.