Rossiya Taşqi işlar vazirligi Ğarb davlatlari rossiyalik diplomatlarni çiqarib yuboriş böyiça qabul qilgan qarorlarga munosabat bildirdi.

Vazirlik bayonotida qayd etilişiça, Rossiya bu qadamni «döstona bölmagan va Solsberidagi voqea sabablari va aybdorlarini aniqlaş vazifasiga mos bölmagan» qadam sifatida köradi va bu qaror öz oqibatlariga ega böladi.

«Skripal işida yevroatlantika birdamligi prinsipi bilan Londonni qöllab-quvvatlagan ittifoqçilar soğloq aqlga va davlatlaro muloqot hamda xalqaro huquq normalariga zid iş tutişdi. Bu bir guruh davlatlarining döstona bölmagan qadami izsiz ketmaydi va biz bunga öz javobimizni qaytaramiz», deyilgan vazirlik bayonotida.

Bugun, Amerika Qöşma ştatlari, Kanada, Ukraina va Yevropa Ittifoqining 14 davlati Buyuk Britaniya ortidan rossiyalik diplomatlarni çiqarib yuboriş qarori haqida birin-ketin ma'lum qilişdi. Bu orqali uşbu davlatlar Buyuk Britaniyada mart oyi boşida Angliyaning Solsberi şahrida kimyoviy modda bilan zaharlangan Sergey Skripal işida rasmiy Londonni qöllab-quvvatlaşini namoyiş etişdi.