Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 26 mart kuni Köksaroy qarorgohida «Tinçlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy şeriklik» mavzuida Afğoniston böyiça yuqori darajadagi Toşkent xalqaro konferensiyasida iştirok etiş uçun amaliy taşrif bilan mamlakatimizga kelgan Afğoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Aşraf Ğanini qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uçraşuvda ikki mamlakat örtasidagi yaxşi qöşniçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaş, şuningdek, özaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytiriş, jumladan, savdo, transort va energetika sohalaridagi loyihalar, ta'lim, soğliqni saqlaş va boşqa yönalişlardagi dasturlarni amalga oşiriş masalalari körib çiqildi.
Tomonlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşdilar.
Prezident Muhammad Aşraf Ğani mamlakatlarimizning Afğoniston böyiça Toşkent xalqaro konferensiyasini ötkazişga oid birgalikdagi taşabbusini röyobga çiqarişga qaratilgan sa'y-harakatlar uçune Özbekistan Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildirdi, özaro manfaatli yönalişlar böyiça hamkorlikni yanada kengaytirişga tayyor ekanini ta'kidladi.













