Irlandiya Rossiyadan bölgan bir diplomatni mamlakatdan çiqarib yuboradi. Bu Britaniyaning Solsberi şahrida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi zaharlanişi yuz bergani böyiça iş tufayli röy beradi, deb xabar qilmoqda RTE telekanali.

Ta'kidlanişiça, bunday qaror mamlakat vazirlar mahkamasi yiğilişi davomida qabul qilingan.

Eslatib ötamiz, keça Buyuk Britaniyaga birdamlik sifatida AQŞ, Ukraina va Yevropa Ittifoqining 14 davlati rossiyalik diplomatlarni öz hududidan çiqarib yuborişini ma'lum qildi.

Avvalroq Buyuk Britaniya TIV rahbari Boris Jonson Ğarb qanday şartda Rossiya bilan döst bölişini aytgandi.