2018 yil 1 iyuldan SWIFT ma'lumotlarini uzatiş va tölaş uçun xalqaro banklararo tizimni qöllab-quvvatlaşning birinçi liniyasi bevosita Özbekistondagi foydalanuvçilarga taqdim etiladi. Bu haqda Rossiyaning SWIFT milliy uyuşmasi (RosSVIFT) xabar bermoqda.
SWIFT Rossiya, Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozoğiston, Qirğiziston, Latviya, Litva, Moldova, Mongoliya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Özbekiston va Estoniya foydalanuvçilariga bevosita yordam berişni boşlaydi.
«RosSVIFT» ma'lumotlariga köra, ilgari «Alyans Faktor» kompaniyasi Özbekistondan foydalanuvçilarni qöllab-quvvatlagan.
«Uşbu usul har doim bor edi va sönggi ikki yil içida keng tarqaldi. U butun dunyo böylab SWIFT foydalanuvçilarini qöllab-quvvatlaş taklifini tenglaştirişga imkon beradi», deb ta'kidlanadi relizda.
Standart xizmat foydalanuvçilarni qöllab-quvvatlaş mintaqaviy markazlari taqdim etgan rasmiy SWIFT qöllab-quvvatloviga doimiy (24 × 7) kiriş imkonini beradi.
Yordam oliş uçun tizimning saytida röyxatdan ötiş kerak, undan keyin har bir foydalanuvçi şaxsiy röyxatdan ötiş raqami (support registration number) oladi.
RosSVIFTning qayd etişiça, bu raqam mintaqaviy qöllab-quvvatlaş markazlariga qönğiroq qilganda aytilişi kerak va SWIFT mutaxassislariga har bir foydalanuvçi uçun keçiktirmasdan şaxsan xizmat qilişiga imkon beradi.












