Sport | 18:37 / 27.03.2018
61410
1 daqiqa o‘qiladi

O‘FA qo‘ygan taqiqning «misi chiqdi»! Samvel Babayan Yevropada bosh murabbiy sifatida ishlaydi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Samvel Babayan Latviya chempioni «Spartak» Yurmala jamoasining bosh murabbiyiga aylandi, deb yozmoqda Championat.asia internet-nashri.

Manbaning yozishicha, yangi jamoada Samvel Babayanga Viktor Jalilov hamda Grigoriy Kolosovskiy yordamchi murabbiy sifatida ko‘maklashishadi.

«O‘FA Samvel Babayanni futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan chetlashtirgandi. Biz shu munosabat bilan Latviya futbol federatsiyasiga murojaat qilganimizda, ular O‘FA Ijroqumi Babayandan 1 fevral kuni diskvalifikatsiyani olib tashlanganini tasdiqlashdi. Shu boisdan ham Samvel Babayan endilikda xorijda murabbiylik faoliyatini davom ettirishi mumkin», deb yozadi manba.

Hozirgi kungacha, O‘FA hech qayerda Samvel Babayanga belgilangan jazo bekor qilingani haqida yozmagan va bu borada rasmiy bayonot bermagan. 

Ma'lumot uchun, «Spartak» rasmiy saytida ham hozircha Babayan bosh murabbiy bo‘lgani haqida xabar tarqatmagan.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid