Ta'lim olişga bağişlangan Apple Education Event tadbirida Apple kompaniyasi iPad planşetining talabalar va maktab öquvçilari uçun maxsus yaratilgan yangi versiyasini taqdim qildi. Yangi model ham Pro-versiya kabi Apple Pencil stilusini qöllab-quvvatlaydi. Bungaça stilus faqatgina 10,5 va 12,9 dyuymli iPad Prölarda işlagan.
9,7 dyuymli planşet barmoq izlari skaneri Touch ID, A10 Fusion protsessori, 8 megapikselli orqa kamera va 10 soat davomida quvvatni uşlab turuvçi akkumulyator bilan jihozlangan. Yangi qurilmada iPad Prödan farqli ravişda, taşqi klaviaturalar uçun konnektor mavjud emas.
Planşet maktab öquvçilari uçun 299 dollardan, boşqalar uçun esa 329 dollardan taklif qilinmoqda. Qurilmaga tadbir yakunlangandan keyinoq buyurtma bera boşlaş mumkin va u mijozlarga apreldan yetkazib berila boşlanadi.
Apple tadbirda iPad bilan birga iWork ofis dasturlarining yangilangan paketini taqdim qildi. Bu dasturlar orasida Pages, Numbers va Keynote bor hamda ular Apple Pencil bilan işlay oladi. Yangi iPad şuningdek boşqa kompaniyalar stiluslari bilan ham işlay olişi ma'lum qilingan.
Apple şuningdek Shared iPad funksiyasini e'lon qilgan. Bu funksiya bir neçta foydalanuvçilarga bir qurilmadan foydalaniş imkonini beradi. Planşetlarni Apple School Manager tizimi yordamida boşqariş mumkin. Öquvçilar uçun iCloud saqlagiçida bepul 200 gigabayt xotira taqdim qilinadi.











